Il Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida Kevin De Bruyne faoliyatidagi 200-gol marrasi haqida fikr bildirdi.
Yo'q, ammo buni bilish yoqimli. Men 18 yildan buyon o'ynayapman, bu uzoq vaqt, lekin albatta, bunday natijaga erishish yoqimli.
Vaskes bilan bog'liq vaziyatdagi bahsli qoidabuzarlik haqida ham to'xtalib o'tdi.
Hammasi vaziyatga qanday qarashingizga bog'liq: mening nuqtai nazarimdan, men bir tomonga harakatlanayotgan edim, u esa menga qarab kelayotgan edi. Qanday qaramang, men biroz hayron qoldim, lekin bu o'yinning bir qismi. Odamlar ko'p gapirishadi, menga esa baribir.
Yozda «Napoli»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga ham oydinlik kiritdi.
Hech qachon. Men bu haqda hech qachon gapirmaganman. Gap shundaki, men biror narsa haqida gapirsam, juda ochiq gapiraman, ba'zida esa bu odamlarga yoqmaydi va ular voqealarni o'ylab topishni boshlashadi. Butun yoz davomida «Kevin u yoqda, Kevin bu yoqda» deb gapirishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!