📻 Esteban (Onda Cero eksperti): "Oyarzabal hatto "Oltin to'p"ga nomzod ham emas, vaholanki u hujumlarni Mbappe'dan ko'ra yaxshiroq yakunlaydi"
📻 Lama (Cope jurnalisti): "Agar biror futbolchining o'yinini ko'rish uchun pul to'lashim kerak bo'lsa, men Mbappe'ga emas, Yamal ishtirokidagi o'yinga to'lagan bo'lardim"
Lebyof (Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi): "Hech kim Rafinya allaqachon "to'qqizlik" pozitsiyasida Mbappe'dan yaxshiroq deb aytmayapti. Shu bilan birga, Mbappe shaxsiy yutuqlar uchun, Rafinya esa jamoa uchun o'ynayotgandek taassurot qoldirmoqda.
Aynan shuning uchun Mbappe'ning "Oltin to'p" haqidagi tinimsiz gaplari meni g'ashimga tegadi. "Madrid" yomon o'ynayapti va g'alaba qozonmayapti, u esa shaxsiy sovrin haqida gapiryapti. Undan ko'ra La Liga va Chempionlar Ligasini yutmoqchiman deb ayt!
Menga Mbappe yoqadi, lekin ba'zida uning matbuot bilan muloqoti faqat uning imidjiga zarar yetkazmoqda"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!