Kilian Mbappe Maykl Olise haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Бавария Мюнхен ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 16

Kilian Mbappe Maykl Olise haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Kilian Mbappe Maykl Olise va uning yozda «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlar borasida fikr bildirdi:

Men bu mish-mishlarni eshitdim. Ammo buning qanday bo'lishini juda yaxshi bilaman: men PSJ o'yinchisi bo'lganimda ham shunga o'xshash son-sanoqsiz mish-mishlar tarqalgandi. O'ylaymanki, o'yinchiga ketishni maslahat berish hurmatsizlik bo'lardi. Bu «Bavariya»ga nisbatan adolatsizlik bo'lar edi. Qolaversa, «Bavariya» — buyuk klub, u yerda Maykl ko'p narsaga erishishi mumkin. Albatta, dunyodagi har qanday klub Maykl Oliseni o'z safida ko'rishni istardi. U ajoyib o'yinchi

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!