Kilian Mbappe: «Milan»ni «Inter»dan ko'proq yoqtiraman»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 18

Kilian Mbappe: «Milan»ni «Inter»dan ko'proq yoqtiraman»

Mbappe: «Madrid»ning «Betis»dan uchralgan mag'lubiyati? O'ylashimcha, biz yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo eng muhim jihatda: vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Bu mening ham mas'uliyatim, raqib darvozasi oldida ko'plab golli vaziyatlarni ko'kka sovurdim.

Ammo o'tgan uchrashuvda jamoam ko'rsatgan o'yindan juda mamnunman. Agar mavsum davomida shu darajada o'ynashda davom etsak, o'ylashimcha, katta muvaffaqiyatlarga erishamiz va men ko'plab gollar uraman.

Bugungi «Inter»ga qarshi o'yin (22:00 msk)? Men faqat «Inter» hujumchisi M. Tyuram haqida o'yladim. U mening juda qadrdon do'stim, biz birga ko'p narsalarni boshdan kechirganmiz. Biz allaqachon bugungi o'yin haqida gaplashib oldik, bir-birimizni hazil bilan chimchilab qo'ydik. Men «Inter»ga qarshi o'yin haqida unchalik ko'p o'ylaganim yo'q, men Markus haqida o'yladim (kuladi).

Tyuram bilan «Inter»ga qarshi bahs men uchun derbi ekani haqida hazillashdikmi, chunki bolaligimda «Milan»ga muxlislik qilganman? Ha, menga «Milan» yoqardi. Men «Inter»ni emas, «Milan»ni afzal ko'raman!»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!