Kilian Mbappe "Oltin to'p" uchun o'z nomzodini ilgari surdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Kilian Mbappe "Oltin to'p" uchun o'z nomzodini ilgari surdi

Mbappe: "Oltin to'p" poygasida kimga ovoz bergan bo'lardim? O'zimga. "Oltin to'p" — individual sovrin, shuning uchun birinchi navbatda aynan futbolchining o'yin darajasini baholash kerak.

Ba'zilar o'tgan mavsumda jamoaviy sovrinlarni qo'lga kiritmaganimni aytishmoqda? Men hech qachon barcha mezonlarga javob beradigan va 100 foiz ovoz olgan "Oltin to'p" sohibini ko'rmaganman.
"Oltin to'p"ni tarixda biror futbolchi bir ovozdan yutganmi?! Yo'q. Demak, har doim qaysidir futbolchini bu sovringa loyiq emas deb hisoblaydigan odam topiladi.
Menda "Oltin to'p"ni yutish uchun argumentlar bor: men Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandim, eng muhim turnirda ushbu sport turi afsonalarini ortda qoldirdim — bu unutilmas voqea! Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar unvoni odamlar xotirasida abadiy qoladi.
Men eng yaxshi futbolchilar ishtirok etadigan barcha turnirlarda eng yaxshi to'purar bo'ldim: Chempionlar ligasi, Jahon chempionati... Mendan oldin kimdir buni uddalaganmi, bilmayman. Futbolchi tomonidan tarix yaratilishi har doim mukofotlanishi kerak deb hisoblayman.
Shuning uchun, mening argumentlarim va bu yil boshqa o'yinchilarning yutuqlariga nazar tashlasak, shunday degan bo'lardim: "Ha, men "Oltin to'p"ga loyiqman. Agar uni yutsam, hech kimdan "Oltin to'p"ni o'g'irlamayman".
Ammo mening fikrimga qo'shilmaydigan odamlarni tushunaman. Bu [mening tomonimdan] diktatura emas.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!