Kilian Mbappening yangi intervyusidan birinchi qism:
«Real Madrid» haqida:
«Madrid»da siz butunlay boshqacha darajaga chiqasiz. Hamma narsa men kutganimdek bo'lib chiqdi.
Ispaniyadagi hayot haqida:
Har kuni o'zimni bu yerda yaxshiroq his qilyapman. Menga Ispaniya doim yoqqan, faqat dastlabki kunlar bundan mustasno, o'shanda hali o'z uyim yo'q edi. Bu yerda Fransiyaga qaraganda xotirjamlik va shaxsiy makonim ko'proq.
«Santyago Bernabeu» haqida:
«Bernabeu»da talablar doimo juda yuqori va men muxlislarni to'liq tushunaman. Ammo qiyin pallalarda ularning qo'llab-quvvatlashi bizga juda zarur. Bu dunyodagi eng yaxshi stadion va eng yaxshi muxlislar, ular biz bilan bo'lganda, biz ancha kuchliroq bo'lamiz. O'tgan mavsumda biz sovrin yuta olmadik, shuning uchun ularning hafsalasi pir bo'lganini tushunaman. Ammo yana chempion bo'lmoqchi bo'lsak, birga qadam tashlashimiz kerak. «Bernabeu»dagi har bir o'yin oldidan o'zgacha hislarni tuyaman. Umid qilamanki, jamoa bilan birgalikda bu yerda yana ko'plab sehrli oqshomlarni boshdan kechiramiz. Bu stadiondagi katta o'yinlar hech narsaga o'xshamaydi. «Santyago Bernabeu»da o'ynash — o'zgacha tuyg'u.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!