Mbappe:
"Ba'zi odamlar himoyadagi o'yinim yoki o'yinda bosib o'tgan masofamga e'tibor qaratib, urgan gollarim sonini unutib qo'yishadi. Men buni normal holat deb hisoblamayman. Ammo ko'p yillar davomida cho'qqiga yaqin bo'lgan insonning hayoti shunaqa.
Men futbolda yangi emasman. Hamma ko'p yillardan buyon nimalarga qodir ekanligimni biladi. Va o'ylaymanki, bu yerda insoniy omil rol o'ynaydi. Odamlar doimo kimdir bajarmayotgan narsaga e'tibor qaratishadi.
O'n yil davomida biror narsa qilsangiz, odamlar bunga e'tibor berishni to'xtatishadi, chunki ular sizning qobiliyatlaringiz bilan allaqachon tanish. Shuning uchun ular doimo sizdan qandaydir kamchilik topishga harakat qilishadi. Shu sababli men tanqidni yuragimga yaqin olmay qo'ydim.
Ba'zilarning gollarim jamoaga zarar yetkazadi degan gaplari umuman mantiqsiz. Agar gol urishni to'xtatsam, odamlar menga: "Nega gol urmayapsan?!" deya boshlashadi. Har bir o'yinni tomosha qilishda millionlab murabbiylar paydo bo'lishini tushunib yetdim — bular muxlislar. Va ularning hammasi ham o'z uyida xotirjam emas.
Har kimning o'z fikri bor. Ammo o'ylaymanki, futboldagi maqsad — gol urish, raqibdan bitta ko'p gol urish. Shuning uchun gol uradigan futbolchi hech qachon jamoa uchun muammo bo'lmaydi. Men hali birorta ham gol urmasdan sovrin yutgan jamoani ko'rmadim.
O'ylaymanki, tanqidni normal qabul qilaman. Shunchaki konstruktiv tanqid bor, yana ahmoqgarchilikka aylanib ketadigan tanqid ham bor. Qaror qabul qilish kerak bo'lganda tanqid meni qo'rqitmaydi. Bunday paytlarda: "Agar buni qilsam, meni tanqid qilishadi" deb o'ylamayman.
Agar o'zim uchun to'g'ri qaror qabul qilayotganimni bilsam, yoki u noto'g'ri bo'lib chiqishi mumkin bo'lsa ham, lekin zarur bo'lsa, men harakat qilaman. O'tmishdagi qilmishlarim shuni tasdiqlaydiki, men o'z yo'limda davom etaman va kerak deb bilgan narsamni qilaman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!