The Athletic xabariga ko'ra, Mbappe nafaqat Nike kompaniyasi bilan hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi, balki Adidas va Puma takliflarini ham rad etib, ON bilan hamkorlikni tanladi.
"Madrid" forvardi va ON o'rtasidagi kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor etilmadi. Biroq, Mbappe shveytsariyaliklar kompaniyasidan ulush olgani ma'lum.
Manba, shuningdek, ON futbol direktori (Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi) Anri Mbappeni loyihaga qo'shilishga ko'ndirishda muhim rol o'ynaganini ta'kidlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!