✍️ | Kiran Gill, Daily Mail:
«Manchester Yunayted»ning Karringtondagi muxbirlari matbuot anjumanlariga kelganlarida, birinchi qatordagi eng chap burchakdagi o'rindiqlardan birida «Band qilingan» degan yozuvni ko'rishadi. Bu joy Maurisio Pochettinoning «ko'zlari va quloqlari» hisoblangan Xesus Peres uchun mo'ljallangan.
O'sha muxbirlar Peres ularni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishi mumkinligini ham payqashlari mumkin, shunda u o'zi haqida nimalar yozilayotganidan xabardor bo'lib turadi.
***
Mana, biz Pochettinoning «yolg'onchi telefonchasi»ni ham topdik 👀 Agar biror narsa bo'lsa, kimga e'tiroz bildirishni bilib olasiz 😄
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!