Kobbi Maynu Ruben Amorim qo'l ostida o'ynamagan davri haqida fikr bildirdi:
«Men maydon tashqarisida ko'p narsani o'rgandim, masalan, sabr qilishni. Bu menga ritmga ancha yaxshiroq kirib borishimga yordam berdi.
«Men faqat o'zimga bog'liq bo'lgan narsalarni, ya'ni kun tartibimni va maydon tashqarisidagi mashg'ulotlarimni nazorat qila olaman, bu esa formani saqlab qolish va jismoniy tayyorgarlikni yo'qotmaslik uchun kerak. O'ylaymanki, bu intizom masalasida ham menga juda katta yordam berdi...
«(Bu oson bo'ldimi?) Yo'q! (kuladi)».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!