Konsaysau Kardinale haqida: «U Milanelloga biror marta ham kelmagan»
MilanAC ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Konsaysau Kardinale haqida: «U Milanelloga biror marta ham kelmagan»

😮 Konsaysau Kardinale haqida ochiq-oydin bayonot berdi!

«Milan»ning sobiq murabbiyi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida klub egasi o'z ish faoliyati davomida biror marta ham Milanelloga tashrif buyurmaganini aytib o'tdi.

📩 Italiya Superkubogidagi g'alabadan so'ng Kardinale portugaliyalik mutaxassisni xabar orqali tabriklagan. Biroq Konsaysau bunga javob qaytarmagan — klub egasining raqami uning telefonida hatto saqlanmagan ham edi!

Shunga qaramay, murabbiy klubdagi olti oylik faoliyatidan afsuslanmaydi: u Superkubokni qo'lga kiritdi va «rossonerilar»ni Italiya Kubogi finaliga olib chiqdi. Shuningdek, u Ruben Amorimga omad tiladi.

Sizningcha, klub egasining jamoa kundalik hayotidagi shaxsiy ishtiroki qanchalik muhim? 👇

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!