Kotrina Kulbite: Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdik
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Matbuot 👁 15

Kotrina Kulbite: Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdik

Kotrina Kulbite (O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi) 🎙

Birinchi bo‘lim biz uchun ancha qiyin o‘tdi. O‘yin avvaldan rejalashtirganimizdek kechmadi, maydon markazida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Tanaffusda ayrim o‘zgarishlar qildik va futbolchilar bilan kerakli jihatlarni muhokama qildik. Ikkinchi bo‘limda jamoa ancha faol va ishonchli harakat qildi. O‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga oldik va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratdik.

Hisobda oldinga chiqqanimizdan so‘ng hujumdagi burchak zarbamizdan keyingi qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Bu vaziyatni albatta tahlil qilishimiz kerak. Chunki standart vaziyatlarda har bir futbolchining o‘z vazifasi bor va bunday paytlarda yanada tartibli harakat qilishimiz talab etiladi.

Umuman olganda, jamoa yaxshi xarakter ko‘rsatdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondik. Eng muhimi, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdik.

Endi bu o‘yin ortda qoldi va barcha e’tiborimiz chorak finalga qaratilgan. Unda Osiyoning yana bir kuchli jamoasi — Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushamiz. Raqibning salohiyatini yaxshi bilamiz va bu bahsga to‘liq tayyor bo‘lamiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!