O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Jahon chempionati saralashidagi raqiblarimiz haqida fikr bildirdi 🎤
Pley-off bosqichidagi bahslar nihoyatda keskin va raqobatbardosh kechishini bilamiz. Qur’a natijasiga ko‘ra, biz mutlaqo turlicha uchta raqib — Papua-Yangi Gvineya, Janubiy Afrika Respublikasi va Gana bilan to‘qnash kelamiz.
Har uchala jamoa ham xalqaro maydonda katta tajribaga ega. Janubiy Afrika va Gana terma jamoalari avval FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan. Har bir jamoaning o‘ziga xos kuchli jihatlari, o‘yin uslubi va futbol madaniyati bor. Shu sababli ularning har biri bizni turli jihatlardan sinovdan o‘tkazadi.
Biz uchun maqsad aniq: har bir ochko uchun kurashish, turnir davomida diqqat-e’tiborni bir lahza ham yo‘qotmaslik va keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarimizdan maksimal darajada foydalanish. Har bir kichik detal ham muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi tushunamiz va jamoa sifatida bu sinovni birgalikda qarshi olishga tayyormiz.
Bu — O‘zbekiston uchun tarixiy imkoniyat. Biz undan imkon qadar unumli foydalanishni istaymiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!