Kris Romero: «Atletiko»ga o'tishni uzoq vaqtdan beri istagandim»
Атлетико Мадрид ↗ ●●●●● Matbuot 👁 7

Kris Romero: «Atletiko»ga o'tishni uzoq vaqtdan beri istagandim»

🎙️❤️🤍 Kris Romero:

«Men bu yerda bo'lishni uzoq vaqtdan beri istagandim. Muxlislar qarshisida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Bu yerda terma jamoadagi ko'plab jamoadoshlarim bor va bu ajoyib klub ekanligini bilaman.
Meni bu yerda yashovchi insonlar ham ilhomlantirdi. Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi o'ynaganimda, odamlar, muxlislar va ularning jamoani qo'llab-quvvatlashi... Bularning barchasi meni shu yerga kelish qaroriga undadi.
Men bor kuchimni beradigan o'yinchi ekanligimga shubham yo'q. Futbol mavsumi yaxshi yoki yomon o'tishi mumkin, ammo men «Atletiko» libosi va emblemasiga 100 foiz sodiq qolishimni bilaman. «Atletiko» o'yinchisi zimmasiga tushadigan mas'uliyatni tushunib turibman.
Shu sababli, birinchi kundan boshlab muxlislar ishonchini oqlash va menga bildirilgan ishonch, kelayotgan millionlab xabarlar hamda klubning menga kiritgan sarmoyasini oqlash uchun qo'limdan kelganini qilaman. Bu ishonchni maydondagi o'yinim bilan qaytarishga harakat qilaman.
Bu ajoyib bo'ladi. Rostini aytsam, ushbu libosni kiyib, o'ynashni boshlashni kuta olmayapman. Bu men uchun fantastik voqea bo'lishini bilaman, chunki uzoq vaqtdan beri shu yerda bo'lishni xohlardim. Muxlislar qarshisida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman.
Aupa Atletiko!»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!