Kristian Falk xabariga ko'ra:
«Men «Bavariya» rahbarlaridan klub Rodri bilan bog'langani haqidagi xabarlar yuzasidan so'radim va ular «yo'q» deb javob berishdi - hech qanday muzokaralar bo'lmagan. Ular Rodrining atrofidagilar bilan aloqaga chiqishmagan. U juda qiziqarli o'yinchi, ammo bu pozitsiyada klubga kerak emas. Qolaversa, u hali ham juda qimmat.
«Bavariya» unga juda uzoq vaqt oldin, 2019 yilda qiziqish bildirgan, ammo o'shanda klubda uning transferi uchun mablag' qolmagandi, chunki «Bavariya» buning o'rniga Lyuka Ernandesni sotib olishga qaror qilgandi. Bu yozga kelsak, ular uchun bu shunchaki imkonsiz bitim. Uning eng ehtimoliy ssenariysi - Ispaniyaga qaytish».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!