Kristian Iltsyer Germaniya kubogi ikkinchi bosqichi doirasida Kilning «Xolshtayn» jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣 O'yin haqida:
«Biz ketma-ket uchta g'alabadan so'ng ushbu bahsga yaqinlashmoqdamiz, bu bizga ishonch bag'ishlaydi. Bu kubok uchrashuvi, unda keyingi bosqichga chiqish uchun sifatli o'yin ko'rsatishimiz kerak».
🧤 Darvozabon haqida:
«Luka Filipp bu imkoniyatga loyiq. Ertaga u darvozada turadi».
🏥 Tarkibdagi vaziyat haqida:
Maks Myorshtedt, katta ehtimol bilan, o'yinga qadar tiklanishga ulgurmaydi. Tim Lemperlening holati yaxshilandi, ammo yakuniy qaror mashg'ulotdan so'ng qabul qilinadi.
⭐️ Andrey Kramarich haqida:
«Xoffenxaym»ning 1000 ta golida uning 200 ta golga daxli bor. U hal qiluvchi pallalarda o'zini ko'rsata olishini isbotlagan va hozirda bizga katta foyda keltira oladigan sport formasiga qaytmoqda».
🏆 Kubokning ahamiyati haqida:
«Kubokda qaysi ligada o'ynashingiz ikkinchi darajali bo'lib qoladi. Yakunda g'olib bitta bo'ladi va bizda buning uchun atigi bitta o'yin bor. Bu ajoyib turnir. Biz oldimizda qanchalik jiddiy vazifa turganini anglashimiz kerak. Shu bilan birga, o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishni va yuqori darajadagi o'yin ko'rsata olishimizni isbotlamoqchimiz. Bu turnir biz uchun juda katta ahamiyatga ega va 1/8 finalga chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz».
📈 Raqib formasi
«Xolshtayn» joriy mavsum Ikkinchi Bundesligada ilk g'alabani uzoq kutishiga to'g'ri keldi, biroq so'nggi paytlarda bosh murabbiy Tim Valter shogirdlari ijobiy dinamika ko'rsatmoqda. Yakshanba kuni chempionat peshqadami Berlinning «Gerta»si bilan durang o'ynagan «Kil» mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritib, Drezdenning «Dinamo»sini 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Germaniya kubogining birinchi bosqichida «Xolshtayn» «Myunxen-1860»ni 2:0 hisobida taslim etgan.
⚔ O'zaro o'yinlar
Jamoalar o'rtasidagi barcha uchta rasmiy o'yinda «Xoffenxaym» g'alaba qozongan.
2021-yil oktyabr oyida Germaniya kubogi doirasida klub «Kil»ni 5:1 hisobida mag'lub etgan. «Xolshtayn»ning Bundesligadagi yagona mavsumida ham «Xoffenxaym» ikkala bahsda (3:2 va 3:1) zafar quchgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!