Kristian Kivu o'yindan so'ng: «Ham biz, ham raqib tomonidan yaxshi birinchi taym o'tkazildi. Ikkinchi bo'limni ajoyib boshladik, ikkita zo'r vaziyat yaratdik, ammo keyin biroz asabiylashish va shoshilish oqibatida muvozanatni yo'qotdik. Raqibga ham hurmat ko'rsatish kerak, ular o'zlarining texnik mahorati, shiddati va qat'iyati bilan bizga jiddiy muammolar tug'dirdilar.
14 ta gol o'tkazib yuborganimiz tashvishlantiradimi? Yo'q deb ayta olmayman. Chempionlar ligasida hisobda ortda qolayotganda vaziyatni o'nglash qiyin, ammo biz o'z muvozanatimiz, yakkakurashlar va to'p uchun kurash haqida o'ylashimiz kerak.
Chempionlar ligasidagi natijalarimiz xavotir uyg'otadimi? Nima ishlamayotganini tushunib turibmiz va psixologik tayyorgarligimizni to'g'rilashga harakat qilyapmiz. Balki, ayrim o'yinlarda kerakli muvozanatni topa olmayotgandirman va buning uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Ammo optimizm saqlab qolish kerak, chunki oldinda yana oltita o'yin bor.
«Inter» piyoda yurgandek tuyuldimi? Zaxira o'rindig'idan qaraganda, hafsalamiz pir bo'lgani sababli shiddatni yo'qotgandek tuyuldi. Pressingga noto'g'ri chiqdik, chiziqlar orasida katta bo'shliqlar qoldirdik, doim kechikdik, Chempionlar ligasida esa bunday xatolar uchun jazolashadi. O'yinga tayyorgarlik ko'rishda yaxshiroq ishlashim mumkin edi: jamoaga ortiqcha bosim o'tkazmasdan, ko'proq xotirjamlik bag'ishlashim kerak edi.
Balki, bu yilgi rejalarimizda nimadir o'zgartirishimizga to'g'ri kelar. Chempionlar ligasi chempionatdan farq qiladi, biz to'g'ri muvozanatni topishga majburmiz, bu yerda Yevropada hamma narsani detallar hal qiladi. Ishlashimiz va ishtiyoqni yo'qotmasligimiz kerak. Biroq, o'yinning ayrim qismlarini yaxshiroq baholash va muayyan vaziyatlarda pressingga chiqish umuman mumkin emasligini tushunish lozim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!