🎙 Kristian Romero:
«Atletiko»ga kelar ekanman, klub tarixida nomimni qoldirishni maqsad qilganman. Bunga erishishning yagona yo'li — sovrin yutish ekanini bilaman. Umid qilamanki, bu joriy mavsumda, kelgusi yilda yoki men shu yerda bo'lgan vaqtda sodir bo'ladi. Meni bu yerga olib kelish uchun ko'rsatgan sa'y-harakatlari uchun klubdan minnatdorman va endi buni maydonda o'yinim bilan qaytarmoqchiman.
Besh kun oldin keldim va shuni ayta olamanki, Xulian Alvares har doimgidek, gollar urishga chanqoq. U juda diqqatli va o'z ishiga sodiq, bu meni juda xursand qiladi.
«Atletiko Madrid» uchun yaratilganmanmi? Xulian [Alvares] va Cholo Simeone aytgan gaplarni inobatga olsak... umid qilamanki, ha. Ishonchni oqlashga va nomimni ushbu buyuk klub tarixida qoldirishga harakat qilaman.
Cholo Simeone mendan maydonda yetakchi bo'lishimni va jamoadoshlarimga yordam berishimni so'radi. U o'zini bu oilaning bir qismi sifatida his qilishimni istaydi. Men bu yerda o'zimni juda qulay his qilaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!