La Gazzetta dello Sport: «Napoli» qishda uch nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Transfer 👁 17

La Gazzetta dello Sport: «Napoli» qishda uch nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

La Gazzetta dello Sport: «Kamida uch nafar futbolchi yanvar oyida «Napoli»ni tark etadi»

Nashr xabariga ko'ra, kecha Kastelvolturno shahrida klub prezidenti, sport direktori va bosh murabbiy o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda qishki transfer kampaniyasining poydevori qo'yilgan. Uchta yangi futbolchi kelishi kutilmoqda, ammo bu transferlar ketadigan o'yinchilarga bog'liq.

Asosiy nomzodlar sifatida Andre-Frank Zambo-Angissa, Lorentso Lukka va Noa Lang tilga olinmoqda. Klub, shuningdek, Amir Rrahmani bo'yicha takliflar tushsa, ularni ham ko'rib chiqadi.

Kevin De Bryuyne qishda ketishi ko'rib chiqilmayapti. U «Napoli» bilan shartnomasini oxirigacha, ya'ni kelasi yilning 30-iyuniga qadar yakunlashi kutilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!