Lamin Yamal «Oltin to'p» sovrini haqida fikr bildirdi
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 5

Lamin Yamal «Oltin to'p» sovrini haqida fikr bildirdi

🎤🤩 Lamin Yamal o'zining so'nggi bayonotlarida «Oltin to'p» haqida gapirib, Harri Keynga ishora qildi:

«Menimcha, «Oltin to'p» dunyodagi eng yaxshi futbolchiga berilishi kerak va tamom. 80 ta gol urgan futbolchiga emas, chunki 80 ta gol urganingizda, buning uchun siz «eng yaxshi to'purar» sovrinini olasiz. Bu odamlar tushunmaydigan butunlay boshqa narsalar.

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi — bu o'yin davomida sharhlovchi sifatida qarab, zavqlanadigan futbolchi. Uni ko'rganingizda: «U barchadan ajralib turadigan o'yinchi», deb o'ylaysiz. Qachonki sovrin eng ko'p gol urgan yoki eng ko'p sovrin yutgan kishiga emas, balki eng yaxshi futbolchiga nasib etsa, o'shanda u o'zining haqiqiy qiymatini qaytarib oladi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!