Lautaro Martines «Milan»ga qarshi derbini o'tkazib yuboradi
MilanAC ↗ ●●●●● Umumiy 👁 35

Lautaro Martines «Milan»ga qarshi derbini o'tkazib yuboradi

🚨 Lautaro Martines «Milan»ga qarshi derbini o'tkazib yuboradi!

«Neradzurrilar» sardori «Bryugge»ga qarshi o'yinda dubl qayd etganidan so'ng, chap son mushaklarida zo'riqish sezdi. Tibbiy ko'rik jarohatni tasdiqladi.

❌ Argentinalik futbolchi yetti uchrashuvni o'tkazib yuborishi kutilmoqda, jumladan, 31-oktyabr kuni «Milan»ga qarshi derbi hamda Chempionlar ligasi doirasidagi «Shaxtyor» va «Feyenoord» bilan bahslar. Shuningdek, u Argentina terma jamoasiga ham yordam bera olmaydi.

📅 Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Lautaro 22-noyabr kuni «Atalanta»ga qarshi o'yinda safga qaytishi mumkin, 25-noyabrda esa «Inter»ni Chempionlar ligasida «Shtutgart» bilan uchrashuv kutib turibdi.

🔥 Lautaroning yo'qligi derbida «Inter»ga qanchalik ta'sir qiladi?

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!