La Gazzetta dello Sport: «Ehtimol, Lautaro Chempionlar ligasiga bo'lgan chanqoqligi, seshanba oqshomida ko'plab jamoadoshlariga yetishmagan va hatto yevrokuboklardagi 11 oy ichida urilgan ilk goli ham qondira olmagan o'sha shiddatli ambitsiyalari evaziga jabr ko'rdi.
Agar u tanaffus vaqtida son qismida noqulaylik sezganida almashtirishni so'raganida, balki mushak jarohatidan qutulib qolishi mumkin edi. Ammo u jamoani g'alabaga yetaklash uchun hech kimga hech narsa demasdan, tishini tishiga qo'yishni afzal ko'rdi. Bu hurmatga loyiq, biroq ayni paytda o'ziga zarar yetkazuvchi harakat bo'ldi.
Jarohatlangan bo'lishiga qaramay, Lautaro hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirishi mumkin edi, u Sommerni yerga o'tqazib qo'ydi, biroq so'ngra noaniq zarba berdi va keyinroq baribir to'pni darvozaga joylab qo'ydi (2:3). Adrenalin ta'sirida bo'lgan futbolchi oxirigacha borish uchun tanasidan kelayotgan signallarga e'tibor bermadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!