Lautaro Martinezning Barselonaga o'tishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga yaqinmi?
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 2

Lautaro Martinezning Barselonaga o'tishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga yaqinmi?

Ha, biz ham Lautaro Martinez «Barselona»ning nishonida ekani va klub uni o'z ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ygani haqidagi xabarlarni ko'rib turibmiz. Hatto Lautaroning agenti Madridda Deku bilan uchrashgani haqida ham gap-so'zlar bor (garchi bu biror italyan manbasi tomonidan tasdiqlanmagan bo'lsa-da).

Ammo gap shundaki, ular istalgan futbolchini o'z ro'yxatiga kiritishi mumkin. Lautaroning o'zi «ha, men ketmoqchiman» demaguncha va «Barselona» taxminan 100 million yevro taklif qilmaguncha, bu haqda o'ylashning ham hojati yo'q. Golli rekordlar sari odimlayotgan, bir necha yildan buyon sardorlik bog'ichini taqib kelayotgan va muxlislarning eng sevimli futbolchilaridan biri bo'lgan Lautaro shunchaki vaziyatni o'zgartirishga ehtiyoj sezmasa kerak.

Jijantes FC xabariga ko'ra, «Barselona» Lautaroni 9-raqamli pozitsiya uchun asosiy maqsad sifatida belgilagan. Dekuning Madridda futbolchi agenti bilan uchrashuvidan va «Atletiko» rad javobini bergach, u endi ro'yxatning eng yuqori qismida turibdi.

Qolaversa, bu insayd kimdan? Jerar Romeroning o'zidan! 2020 yilda kelishuv yakunlanish arafasida ekani va Lautaro Ispaniyaga uchib ketayotganini aytgan o'sha odamdan! Jerar Romero umuman o'ziga xos «meva». Uning har bir transfer oynasida Frenki de Yong ketadi, goh murabbiy bilan urishib qoladi, goh o'ynashni xohlamaydi, keyin esa Frenki bu safsatalarning barchasini ommaviy ravishda inkor etishga majbur bo'ladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!