Parij klubi ketma-ket 6-marta Lensga mag'lub bo'ldi. Bu joriy mavsumdagi eng yomon o'yin bo'ldi.
Lens 2:1 Paris FC | 45+2’ Koleosho, 64’ Toven, 84’ T. Azar
Himoyadagi dahshatli o'yin. Lensning g'alabasi to'liq haqli, Toven bizga qarshi bahsda 1+1 natijasini qayd etdi. Hujumda esa Lukaning golidan tashqari hech narsa ko'rsata olmadik. Asosiy himoyachilar va darvozabonning jarohatlari o'z ta'sirini o'tkazdi.
Kecha tarkibimizdan eng yaxshisini ajratib ko'rsatish qiyin, barchasi o'rtacha darajada o'ynadi. Lekin Koleosho va Les-Meluni aytishim mumkin: birinchisi 45 daqiqa sifatli harakat qilib, gol urdi va eng kam xatoga yo'l qo'ydi, ikkinchisi esa himoyada ishladi va hujumlarni rivojlantirishga urindi.
Bugungi o'yinning eng yomonlari: Mbou, Otavio va Saymon. Nomlari keltirilgan futbolchilardan juda ko'p xato kuzatildi. Mbou va Otavio xalqaro tanaffusdan so'ng darhol degradatsiyaga uchragandek. Ko'plab xatolar, ya'ni noaniq paslar, to'pni uzoqlashtirishdagi muammolar va xavfli o'yin. Moyzes esa Garnachoga aylanib qoldi. Ilgari uning moslashuv jarayoni tufayli o'yin chiqmayapti deb ishonishni xohlardim, ammo 3 oydan keyin u yanada yomonlashdi. Mbemba va Nkambadyo o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi, garchi turli saytlar (sofascore/flashscore) baholari buni ko'rsatmasa ham. Pajis, Kebbal va Sinayoko (0+1) esa hech narsa ko'rsata olishmadi.
Keyingi o'yin 11-yanvar kuni o'z uyimizda Felipe Luisning Monako jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Asosiy o'yinchilarning safga qaytishiga va Liamning xatolarni to'g'rilashiga umid qilamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!