Leonardo Balerdi transferi borasida turli xabarlar tarqalmoqda
ОЛИМПИК МАРСЕЛЬ ↗ ●●●●○ Transfer 👁 19

Leonardo Balerdi transferi borasida turli xabarlar tarqalmoqda

Italiya matbuoti o'z uslubida. Ular Balerdi transferi qiymati qancha bo'lishi borasida bir to'xtamga kela olishmayapti. 😁

Il Messaggero yozishicha, ijara 1 million yevro, sotib olish huquqi esa 20 million yevroni tashkil qiladi va bu 70 foiz o'yinlarda maydonga tushganda majburiy bo'ladi. «Marsel» esa sotib olish shartidagi o'yinlar sonini kamaytirish bo'yicha muzokara olib bormoqda.

La Gazzetta dello Sport esa ijara 2 million yevro, sotib olish opsiyasi esa 15 million yevro ekanligini yozmoqda.

Manbalar faqatgina bugun tibbiy ko'rik o'tkazilishi borasida yakdil. Ishonchliroq ma'lumotlarni kutamiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!