Levin Oztunali «Zonnenxof» safiga o'tdi
HSV ↗ ●●●●● Transfer 👁 15

Levin Oztunali «Zonnenxof» safiga o'tdi

🟦🟦🟦

Levin Oztunali - «Zonnenxof» futbolchisi!

Afsonaviy Uve Zeelerning nabirasi uzoq vaqt klubsiz qolmadi. Yozda «Gamburg» bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng, u professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo yakunda u o'ziga yangi manzil topdi - o'zi ham kutilmagan tarzda.

Bugun ma'lum bo'lishicha, u Uchinchi liga yangi a'zosi bo'lgan va hozirda quyi ligaga tushib ketish zonasida (20 ta jamoadan 18-o'rin) borayotgan «Zonnenxof» bilan shartnoma imzolagan.

Kelishuv muddati oshkor etilmagan, ammo katta ehtimol bilan gap mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma haqida ketmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!