Li Kan In:
«Atletiko Madrid» muxlislari dunyodagi eng zo'r ishqibozlar. Men ular bilan yaqin orada uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Ular men qanchalik ishtiyoqli futbolchi ekanligimni ko'rishlari uchun astoydil mehnat qilishim kerak va men ularga ko'plab quvonchli lahzalarni taqdim etmoqchiman. Men bu yerga g'alaba qozonish va jamoaga yordam berish uchun keldim. Eng muhimi shu. Oxirgi kungacha bor kuchimni, 120 foizimni beraman.
7-raqamli futbolka afsonalarga tegishli bo'lgan, ammo men bu haqda ortiqcha o'ylamayapman.
Bu klubga o'tishimning sababi oddiy: bu — «Atletiko Madrid». Men bu klubni bolaligimdan bilaman. Bu xuddi oiladek, juda ahil va ulkan klub. Men ish boshlashni katta ishtiyoq bilan kutyapman, bu yerda ambitsiyalar juda yuqori.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!