Lionel Skaloni: «Valter Samuel Kristian Kivu bilan birga ishlash uchun «Inter»dan taklif oldi, biroq u buni rad etdi va Jahon chempionatigacha biz bilan qoldi. Bu uning qanchalik ajoyib inson ekanligini va terma jamoa uning uchun qanchalik muhimligini ko'rsatadi.
Shubhasiz, u jamoa uchun nihoyatda muhim bo'lishidan tashqari, mening do'stim hamdir. Unga eng ezgu tilaklarimni tilayman. Agar u boshqacha qaror qabul qilmoqchi bo'lsa, bunga imkoniyati bo'lishi kerak. Agar u ketishga qaror qilsa, bu muammo bo'lmaydi. Bu katta yo'qotish bo'ladi, lekin muammo emas. Agar u biz bilan qolmasa, nima bo'lishini ko'ramiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!