«Roma» klubi rasman Lorensso Pellegrini bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi. Yangi kelishuv muddati rasman ochiqlanmagan bo'lsa-da, xabarlarga ko'ra, tomonlar 2027-yilga qadar mo'ljallangan bitim imzolashgan.
«Roma» Lorensso Pellegrini bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar berishdan mamnun. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi poytaxt klubi sharafini himoya qilishda davom etadi. Pellegrinining klub taklifini qabul qilishi uning «Roma» loyihasiga bo'lgan sadoqatini ko'rsatadi. Oldinga birga qadam tashlaymiz, Lorensso!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!