Lorient 1:0 Paris FC: mavsumdagi ilk mag'lubiyat
ФК Париж ↗ ●●●●● Natijalar 👁 44

Lorient 1:0 Paris FC: mavsumdagi ilk mag'lubiyat

Lorient 1:0 Paris FC

Mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Lorient uchrashuvda yagona gol evaziga g'alaba qozondi. Statistikaga ko'ra, Lorient darvoza sohasiga 4 ta, Paris FC esa 3 ta aniq zarba yo'lladi.

Maksim Lopez va Kevin Trapp yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Jamoaning qolgan qismi o'yinni boy berdi, hujum chizig'idagi birorta futbolchi mezbonlarning 5-6 nafar himoyachidan iborat mudofaasini yorib o'ta olmadi. Rostini aytsam, Lorient deyarli hech narsa yarata olmadi, ammo bizning hujum chizig'imiz o'yinni butunlay barbod qildi, xatolar juda ko'p.

Hozircha, Rhenn o'z o'yinini o'tkazmaguniga qadar, 3-o'rindan 4-o'ringa tushib ketdik. Keyingi turda uyda Rhenn bilan to'qnash kelamiz (18.10), o'tgan mavsumda ularga qarshi har ikkala bahsda ham mag'lub bo'lgan edik.

Liam Rosenior tomonidan o'zgarishlar bo'lishiga umid qilamiz, Allez Paris.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!