🚨 Loris Karius "Bavariya"da zaxira darvozaboni bo'lishga tayyor.
33 yoshli Loris Karius Myunxen klubiga o'tishga ochiq va ikkinchi darvozabon o'rnini egallashga qarshi emas. Nemis posboni "Bavariya" qisqa ro'yxatiga kiritilgan va klub izlayotgan darvozabon profiliga mos keladi.
BILD xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida hali to'g'ridan-to'g'ri aloqa bo'lmagan. Myunxenga ko'chib o'tish Karius uchun ham qulay: u Milanda yashovchi rafiqasi va farzandlariga yaqinroq bo'lishni istaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!