Le Parisien xabariga ko'ra, yakshanba kuni «Monako»ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda «Parij» FK Luka Koleosho xizmatlaridan foydalana olmaydi!
🏥 Italiyalik futbolchi son qismidan jarohat olib, taxminan o'n kunga safdan chiqdi. U «Oser»ga qarshi safar o'yinini ham o'tkazib yuborishi mumkin.
😬 Adama Kamara va Samir Shergining bo'lajak uchrashuvda maydonga tushishi ham so'roq ostida. Birinchisida son mushaklarida muammo bo'lsa, ikkinchisini tizza paylaridagi yallig'lanish (tendinit) bezovta qilmoqda.
💪 Ammo yaxshi yangiliklar ham bor: Rudi Matondo, Ilan Kebbal va Xamari Traore umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi!
Siz yakshanba kuni kimlarni maydonga tushirgan bo'lardingiz?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!