Luka Modrich «Inter»ga qarshi ajoyib derbi o'tkazdi va 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng, bu o'yinni «Milan»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yini bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.
Xorvatiyalik futbolchi jamoa g'alabaga loyiq bo'lganini, «Bolonya»dan uchralgan mag'lubiyat esa qo'shimcha motivatsiya vazifasini o'taganini tan oldi. Uning so'zlariga ko'ra, «rossoneri» o'sib bormoqda, yangi o'yin g'oyalarini o'zlashtirmoqda, ammo sovrinlar yutishni istasa, pasayishlarga yo'l qo'ymaslikni o'rganishi kerak.
Modrich, shuningdek, «San-Siro»dagi ajoyib muhit uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi va nima uchun klubda qolishga qaror qilganini tushuntirdi:
«Menga «Milan»da yaxshi. Bu yerda meni yaxshi ko'rishlarini va qadrlashlarini his qilaman. Men jamoaga yordam berish va yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun qoldim».
Haqiqiy yetakchi va jamoadoshlari uchun namuna!
Qanday o'ylaysiz, Modrich «Milan»ni katta sovringa yetaklay oladimi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!