Feyenoord muxlislari Lutsharel Gertruydani PSVga o'tishga yaqin turgani uchun keskin tanqid ostiga olishdi.
26 yoshli himoyachi RB Leyptsigdan ijaraga olinishi kutilmoqda va u Eyndxovenda tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Feyenoord ishqibozlari uning tanlovidan norozi:
"Nahotki boshqa klublar topilmadi? Hamma seni yana De Kyoypda ko'rishni istagandi, sen esa Eyndxoven klubiga o'tyapsan. O'tmishing bilan buni ko'pchilik qabul qilmaydi".
"Sen Rotterdam janubida o'sgansan, Feyenoordda o'ynashni orzu qilgansan. Biz haqiqatan ham seni boshqacha deb o'ylagandik. Endi esa sen shunchaki ko'pchilik qatori oddiy o'yinchisan".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!