Chorshanba kungi mashg'ulotlardan ikkita yaxshi xabar bor.
Agar tarkibdagi vaziyatga nazar tashlasak, ochig'ini aytish kerak, «Lion» lazareti asta-sekin to'lib bormoqda. Sentyabr va noyabr oylaridagi terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffuslar oralig'idagi tig'iz taqvim davrida liyonliklar klubida futbolchilarning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar ko'paymoqda.
Pavel Shults to'rt oyga safdan chiqdi, dushanba kuni «PSJ»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat esa Tayler Morton va Korenten Tolissoning jismoniy holati chekka yetib kelganini, balki undan ham o'tib ketganini ko'rsatdi. Shu sababli «Lion» lagerida xavotir uchun yetarli sabablar bor. Ayniqsa, Mads Bidstrup «Park de Prens»dagi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lganini hisobga olsak.
Shunga qaramay, Desindan daniyalik futbolchi bilan bog'liq yaxshi xabar keldi. Poytaxtdagi mag'lubiyatdan ikki kun o'tib, yarim himoyachi chorshanba kungi mashg'ulotlarda dushanba kuni o'ynamagan yoki maydonda juda kam vaqt o'tkazgan futbolchilar bilan birga ishtirok etdi.
Bu birinchi yaxshi xabarga Nikolas Tagliafikoning ham mashg'ulotda hozir bo'lgani qo'shildi. Avvalroq Paulu Fonseka «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin oldidan argentinalik himoyachi «taxminan uch hafta»ga safdan chiqqanini aytgandi.
Biroq, o'tgan haftani to'liq individual mashg'ulotlar bilan o'tkazgan argentinalik futbolchi endilikda tiklanish jadvalidan oldinroq harakatlanayotgandek taassurot qoldirmoqda.
Nahotki u yakshanba kuni «Anje»ga qarshi o'yinda tarkibdan joy olish uchun da'vogarlik qila olsa?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!