💭🏆 Maks Eberl Harri Keynning «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi:
«Siz Harri Keynning so'nggi yillarda jahon futbolidagi o'rniga, ham «Tottenxem», ham ayniqsa «Bavariya»dagi faoliyatiga nazar tashlashingiz kerak. Men uchun «Oltin to'p» sohibi shunchaki eng ko'p gol urgan yoki eng ko'p sovrin yutgan futbolchi emas. Harri har qanday ko'rsatkich bo'yicha raqobatlasha oladi, faqat Chempionlar ligasidagi g'alaba bundan mustasno — hozircha.
Lekin eng muhimi, men uchun barchasi quyidagiga borib taqaladi: o'rnak bo'lish nimani anglatadi? Agar Keynga futbolchi sifatida qarasangiz, ham maydonda, ham maydon tashqarisida u bolalar va butun jamiyat havas qilsa arziydigan, ilhom olsa bo'ladigan inson. Men uchun bu elchi sifatidagi fazilatlar va «Oltin to'p» g'olibi ham elchi bo'lishi kerak. Aynan shuning uchun ham men uchun Harri Keyn — aslida yaqqol tanlov».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!