Mamadou Coulibaly 1 o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, yana 2 o'yin shartli ravishda belgilandi.
LFP intizom qo'mitasining qarori uning "Le-Man"ga qarshi o'yindagi golni nishonlashi bilan bog'liq: fransiyalik futbolchi mezbon muxlislar tomon tomoq kesishni ifodalovchi imo-ishora ko'rsatgan. Madu bu borada hech qanday izoh bermadi.
Shu tariqa, "Monako" yarim himoyachisi 29-noyabr kuni "Lion"ga qarshi safar o'yinini o'tkazib yuboradi, biroq ertaga "Oser"ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!