BBC Sport xabariga ko'ra, bir qator Premier League klublari «Man Siti»ni moliyaviy qoidalarni buzgani uchun ham o'tmishdagi, ham kelajakdagi sanksiyalar bilan jazolashni istamoqda.
Yetakchi klublar rahbarlari o'rtasida «Siti»ning apellyatsiyasi rad etilgan taqdirda, klub qoidalarni buzgan davr uchun kompensatsiya to'lashi va kelajakda uning vakolatlari cheklanishi kerakligi borasida konsensus mavjud.
Manbalardan biri, agar «Siti» aybdor deb topilgan davrda qo'lga kiritilgan sakkizta sovrinni saqlab qolsa, liganing obro'si tushib ketishidan ogohlantirdi.
Premier League klublaridan birining yuqori lavozimli vakili «Siti»ni sovrinlardan mahrum qilish kerakligini ta'kidladi. Uning qo'shimcha qilishicha, klublar o'rtasida sovrinlarni qayta taqsimlashga shoshilish yo'q, aksincha, mukofotlarni olib qo'yib, ularni vakant qoldirish tarafdori bo'lganlar ko'p.
Shuningdek, ochkolarni olib tashlashni bir necha mavsumga taqsimlash va bir necha transfer oynasiga taqiq qo'yish g'oyalari muhokama qilinmoqda. Bu «Siti»ning yuqori diviziondagi o'rnini tezda qaytarib olish imkoniyatini sezilarli darajada qiyinlashtirishi mumkin.
Bundan tashqari, «tarif tizimi» g'oyasi ham ko'rib chiqilmoqda, unga ko'ra «shaharliklar» o'z o'rnini yaxshilagan raqib klublarga kompensatsiya to'lashi mumkin. Ayni damda apellyatsiya jarayoni davom etmoqda, shuningdek, SRA (Yuristlar faoliyatini tartibga solish boshqarmasi) ishda professional qoidabuzarliklar alomatlari bor-yo'qligini o'rganib chiqadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!