🗣️ Rob Douson, ESPN:
«Manchester Yunayted» yozgi transferlar uchun taxminan 120 million funt sterling ajratishni rejalashtirgandi. Santos, Tilemans va Baleba klubga 155 million funtga tushdi, o‘yinchilarning ketishi esa taxminan 45 million funt keltirdi.
ESPN manbalari klub «imkoniyatiga qarab xarajat qilganini» ta’kidlamoqda. Qo‘shimcha xaridlar uchun byudjet qolmagandi: moliyaviy imkoniyatlarni 2005-yilda Gleyzerlar tomonidan klubni kreditga sotib olingandan so‘ng to‘plangan 1 milliard funt sterlinglik qarz cheklab qo‘ymoqda.
Moliya Kerrikning kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin. «Yunayted»ga Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etish zarur, shu sababli rahbariyat jamoaning kuchli to‘rtlik uchun kurashdagi natijalarini baholab boradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!