Manchester United yosh yarim himoyachi Kristian Oroskoni o'z safiga qo'shib oldi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Transfer 👁 13

Manchester United yosh yarim himoyachi Kristian Oroskoni o'z safiga qo'shib oldi

❗️ "Manchester Yunayted" istiqbolli yosh yarim himoyachi Kristian Oroskoni transfer qildi.

18 yoshli futbolchi Kolumbiyaning oliy divizionida ishtirok etuvchi "Fortalesa CEIF" klubidan o'tgan.

"Rojo FC" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Orosko o'tgan mavsumda "Fortalesa" asosiy jamoasi safida beshta o'yin o'tkazgan va Kolumbiya U-17 terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Kristian dastlab "Manchester Yunayted"dagi hayot va ish jarayoniga moslashish davrida klub akademiyasi nazoratida bo'ladi.

Klubdagilar Kristianni "Yunayted"da qutlab, unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!