Manuel Pellegrini matbuot anjumanida shunday dedi:
Diego Conde bir yarim oyga safdan chiqdi. Bu vaqt ichida biz La Ligada yettita, Chempionlar ligasida esa bitta o'yin o'tkazamiz.
Manu – katta kelajakka ega darvozabon, ammo undan birorta ham Primera o'yinini o'tkazmasdan turib, Chempionlar ligasida o'ynashini talab qilish xavfli.
Bu murakkab vaziyat va ko'p narsa Diego Conde qancha vaqtda tiklanishiga hamda Alvaro jarohat olmasligiga bog'liq. Har holda, Manu o'yinlarda o'z saviyasini ko'rsatib bo'ldi va menimcha, u klubdagi eng katta kelajakka ega o'yinchilardan biri. Agar imkoniyat tug'ilsa, tajribasizligi sababli u muddatidan oldin maydonga tushishiga to'g'ri kelishi mumkin, ammo o'zini ko'rsatish uchun unda barcha fazilatlar bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!