❓Sizga bu qaror qanchalik qiyin bo'ldi, Mark?
Mark Kasado: «Bir yilga ketish va «Barsa»da o'ynamaslik — bu har doim qiyin, lekin qanday bo'lmasin, menga juda ajoyib loyiha taklif qilishdi va men kelajakka katta umid hamda ishtiyoq bilan qarayapman».
❓Hozir, shuncha yildan keyin o'z uyingdan ketish qiyinmi, Mark?
Mark Kasado: «Ha, odatda shunday bo'ladi, to'g'rimi? Har kimga uydan ketish qiyin, lekin aytganimdek, «Deportivo»dagi loyihadan juda ruhlanganman».
❓O'ylashimcha, senga o'ynash juda muhim va yanada kuchliroq bo'lib qaytishni istaysan, shundaymi, Mark?
Mark Kasado: «Ha, ha, ha. Aynan shunday».
❓Hammasi qanday kechganidan biroz xafa yoki ranjigan holda ketyapsanmi?
Mark Kasado: «Yo'q, biz klub bilan gaplashib oldik, ishlarni qanday olib borganimizni, ular qanday yo'l tutganini muhokama qildik, tamom. Har birimizda yaxshilanishi kerak bo'lgan jihatlar bor, barchamiz nimadirni yaxshi qildik, nimadirdan esa saboq olishimiz kerak, hammasi shu».
❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!