🎙 Mark Kukurelya:
❓ Tabriklayman, ayniqsa bu sizning ilk o'yiningiz ekanligini hisobga olsak. "Real Madrid" safidagi dastlabki daqiqalar siz uchun nimani anglatadi?
🗣 "Men juda xursandman. O'ylaymanki, bu barchamiz uchun muhim o'yin bo'ldi va mavsum boshlanishidan oldin ajoyib natijaga erishdik. Dastlabki daqiqalar katta ishtiyoq va hayajonga to'la edi. O'z ritmimni topishim uchun biroz vaqt kerak bo'ldi, ammo asta-sekinlik bilan asosiy tarkibdan joy olishni istayman".
❓ Bugungi o'yiningizga qanday baho berasiz?
🗣 "Yaxshi o'ynadim, juda yaxshi. Yonimda shunday jamoadoshlar bo'lganda, hammasi ancha osonlashadi deb o'ylayman. Bu yangi mavsumdagi ilk daqiqalarimiz edi va biz asta-sekin o'yin ritmini ushlab boryapmiz. Tez orada rasmiy o'yinlar boshlanadi".
❓ Qanday sermazmun yozni o'tkazmoqdasiz: jahon chempionatidagi g'alaba, "Real Madrid"ga o'tish va bugun - ilk o'yin. So'nggi haftalarni qanday ta'riflagan bo'lardingiz, Mark?
🗣 "Men juda baxtliman. Oxir-oqibat, bularning ortida ulkan mehnat yotibdi va yillar davomida qilgan barcha harakatlarim o'z samarasini berdi. Men bilan sodir bo'lgan barcha narsadan juda mamnunman. Umid qilamanki, bu yo'l davom etadi, biz sovrinlar yutishda davom etamiz va eng muhimi, har bir lahzadan zavq olamiz".
❓ Muxlislar mehrini his qilyapsizmi bilmadim-u, ammo "Real Madrid" ishqibozlari sizni maydonda ko'rishni katta ishtiyoq bilan kutishgandi. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilyapsizmi?
🗣 "Ha, va men bundan juda xursandman. Ko'plab xabarlar oldim. Maydonga tushish imkoniyati tug'ilganda, har doim eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishga va bor kuchimni berishga harakat qilaman. Barchamiz uchun eng muhimi - ushbu libosda sovrinlar yutishdir".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!