Mark Kukurelya «Santyago Bernabeu»dagi hushtaklar haqida fikr bildirdi
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 10

Mark Kukurelya «Santyago Bernabeu»dagi hushtaklar haqida fikr bildirdi

😄 Mark Kukurelya «Bernabeu»dagi hushtakbozlik haqida:

Meny ozgina hayron qoldim, bu yerda qanchalik tez hushtak chalishni boshlashadi.

«Inter»ga qarshi o'yinni eslayman: o'yin endigina boshlangandi, ikkinchi daqiqa ketayotgandi, biz hali o'yinga to'liq kirishib ham ulgurmagandik, tribunalar esa allaqachon hushtak chalayotgandi. Men o'yladim: «Axir biz hali to'pga tegib ham ulgurmadik-ku».

«Santyago Bernabeu» ko'plab buyuk futbolchilarni ko'rgan va ko'plab sehrli oqshomlarni boshdan kechirgan. Tushunaman, bunday hushtak — bu o'ziga xos signal, bor kuch bilan o'ynash talabi; bizda iqtidor borligi va undan ham ko'prog'iga qodir ekanligimiz haqidagi eslatma.

Bunday qizg'in muhitning o'ziga yarasha plyus tomonlari ham bor. O'zim ham shunday sehrli oqshomni boshdan kechirgim keladi — televizor orqali bir necha bor ko'rganim kabi.

Umid qilamanki, buni his qilib ko'rish menga ham nasib etadi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!