Kecha Makkort va Rishar "Velodrom" stadionining prezidentlik lojasida muxlislar bilan uchrashuv o'tkazishdi. RMC xabariga ko'ra, bir soatdan ortiq davom etgan uchrashuv tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Rahbariyat yana bir nechta futbolchini sotish zarurligini tasdiqladi. Gap faqat DNCG talablarini bajarish haqida emas, balki UEFA bilan imzolangan kelishuvga ko'ra, klub byudjetini muvozanatga keltirish va daromadlarni xarajatlarga moslashtirish haqida bormoqda. Makkort ko'proq mablag' ajratgan taqdirda ham, bu UEFA bilan bog'liq vaziyatni hal qilmasdi va "Marsel" xarajatlarni qisqartirishga majbur. Rahbariyatning tushuntirishicha, moliyaviy balansni tiklash uchun kamida ikki-uch yil vaqt kerak bo'ladi.
Uchrashuv vaqti-vaqti bilan keskin o'tdi. Muxlislar Makkortdan nima uchun boshqaruv masalalariga, xususan Pablo Longoriya faoliyatiga avvalroq aralashmaganini so'rashdi. Ular klub qaysi tomonga qarab ketayotganini tushunmayotganliklarini bildirishdi. Stefan Rishar esa Bruno Jenezioga ishonch bildirish kerakligini, uning sifatli tarkib bilan yaxshi natijalarga erishishiga ishonishini ta'kidladi.
Ba'zi guvohlarning so'zlariga ko'ra, Frenk Makkort uchrashuvda ham jangovar, ham yuzaga kelgan vaziyatdan tushkun kayfiyatda ko'ringan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!