«Napoli» o'tkazgan o'yin, ehtimol, mavsumdagi eng yaxshisi bo'ldi. Yakuniy qism va o'z reaksiyangiz haqida nima deya olasiz?
To'rtinchi hakam bosh hakamni chaqirdi va u meni chetlatdi. Men hech narsa qilmadim. Keyingi safar umuman o'rindig'imdan turmayman — har safar qimirlaganimda meni chetlatishadi. Ko'rinishidan, buni qilishni to'xtatishim kerak. Boshqalar maydonga yugurib chiqishadi, u yerda xohlagan ishini qilishadi va ularga hech narsa bo'lmaydi. Yigitlarni o'yin bilan tabriklayman.
Jamoa jismonan pasayib qoldimi va o'yin intensivligiga bardosh bera olmadimi?
Bugun biz himoyada yaxshi o'ynadik. «Roma» — kuchli jamoa va bizda hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirish imkoniyati bo'lgandi. Biz turnir jadvalida yuqorilay olishimizga ishongan holda o'ynadik.
Allegri, siz himoyaga kamroq e'tibor qarata boshladingizmi?
Men o'yinga bo'lgan yondashuvimni o'zgartirdim. Endi jamoam doimiy ravishda hujum qilishini istayman. Agar imkoniyat bo'lsa, hatto to'rtta hujumchini ham maydonga tushiraman.
Hissiy portlashingiz haqida.
Bugun o'yin yakuni sababli juda g'azabdaman. 25 yilda bir marta men ham xato qilishim mumkin.
Xulosa qilib aytganda, stakan yarim to'la yoki yarim bo'shmi?
O'zingiz hal qiling... Bugun men o'yinni xolis tahlil qilish va izoh berish holatida emasman.
❗️Ammo eng qizig'i, bir nechta OAV xabarlariga ko'ra, matbuot anjumani boshlanishidan oldin sodir bo'lgan. G'azablangan Allegri zalga kirishdan oldin quyidagilarni baqirib aytgan:
O'tgan yili ularning cho'ntagiga Chempionlar ligasini solib qo'yishdi. Hammasi o'sha-o'sha...
Ko'rinishidan, murabbiy o'tgan mavsumdagi Chempionlar ligasi uchun kurashni nazarda tutgan, uning yakuniga ko'ra «Roma» uchinchi o'rinni egallagan, «Milan» esa «Komo»ni ham o'tkazib yuborib, Yevropa ligasida qolib ketgandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!