SKY Sport jurnalisti Massimiliano Allegriga ko'pchilikni qiziqtirgan savolni berdi.
«Hisobda oldinga o'tib olgach, «Napoli» ko'pincha maydonda ustunlikni saqlab qolish o'rniga ortga chekinmoqda. Bu taktika bilan bog'liqmi yoki futbolchilarning jismoniy holati bilanmi?»
«Siz mutlaqo haqsiz. Bu qisman ayrim futbolchilarning jismoniy holati bilan izohlanadi. Zambo-Angissa 5-sentyabrdan beri o'ynamagandi, bugun esa maydonda 60 daqiqa harakat qila oldi. Maktomini bugun ikkita gol urdi, ammo biz hali «haqiqiy» Skottni ko'rganimizcha yo'q. Ba'zi o'yinchilar safga endi qaytishdi, ularga optimal formani tiklab olish kerak. Yaxshiyamki, biz har uch kunda o'ynayapmiz, shuning uchun tarkib rotatsiyasi orqali futbolchilar asta-sekin kerakli konditsiyaga kirib borishadi. Bunday paytlarda — yuqori pressing va keyinchalik himoyaga qaytish uchun kuch yetishmaganda — past blokda himoyalanish oqilonaroq. Shunga qaramay, biz raqibga markaz orqali bunchalik erkin o'ynashiga yo'l qo'ymasligimiz kerak; juda ko'p uzatmalar o'tib ketdi, qolaversa, juda osonlik bilan. Biz uzatma yo'nalishlarini yaxshiroq yopishimiz kerak.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!