Matias Sule: "Uchta burchak zarbasi g'alabamizga qimmatga tushdi"
АS ROMA ↗ ●●●●● Matbuot 👁 35

Matias Sule: "Uchta burchak zarbasi g'alabamizga qimmatga tushdi"

Matias Sule "Roma" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng matbuot bilan muloqot qildi.

O'yin yakunida nima sodir bo'ldi?

Bilmayman, rostini aytsam, shunchaki so'z topa olmayapman. O'yin qo'limizda edi: 70-daqiqagacha ikki to'p farqi bilan oldinda edik. Uchta burchak zarbasi g'alabamizga qimmatga tushdi. Barcha 90 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak. Endi navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Gap psixologiyada deb o'ylaysizmi?

O'ylaymanki, ha, ammo burchak zarbalaridan deyarli bir xil bo'lgan uchta gol o'tkazib yuborish – bu shunchaki yo'l qo'yib bo'lmaydigan holat. Biz juda xafamiz.

Bunday mag'lubiyat kelajakka qanchalik ta'sir qilishi mumkin?

Buni zudlik bilan unutish kerak. Biz hafsalamiz pir bo'ldi, lekin qo'l qovushtirib o'tirmasligimiz kerak, chunki ajoyib o'yin o'tkazdik. Sur'atni pasaytirish yaramaydi: hisobda oldinda edik va g'alabaga yaqin turgan edik.

Hammasi yakunlanganini hisobga olsak, bu mag'lubiyatni eng og'iri deb atash mumkinmi?

Nima deyishni ham bilmayman; bunday o'yindan keyin juda og'riqli. Navbatdagi o'yinga diqqatni qaratish, bugungi o'yindan eng yaxshi jihatlarni olish va xatolarni tuzatish ustida ishlash kerak.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!