Matvey Safonovga fransuz tilidagi artikllar va otlarning jinsini aniqlash qiyin kechmoqda, shu sababli u novvoyxonada bitta baget o'rniga ikkita so'rashni afzal ko'radi. Ammo buning yaxshi tomoni shundaki, darvozabonning uyida har doim yangi non bo'ladi!
Le Parisien nashriga bergan intervyusida Safonov bir qator qiziqarli jihatlarni ochib berdi:
Fransuz tilini o'rganishni futboldan tashqari asosiy xobbi deb bilaman. O'zing o'ynayotgan mamlakat tilini bilish — PSJga nisbatan hurmat belgisi.
Luis Enrike — men hozirgi darajamga yetishimdagi asosiy ijodkor. Aynan ispaniyalik murabbiy tufayli taktika, jismoniy tayyorgarlik va mentalitetimni maksimal darajada kuchaytirdim.
Penaltilarga juda sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko'raman, ko'plab videolar tomosha qilaman va hujumchilarning odatlarini tahlil qilishga ko'p vaqt ajrataman.
Futbolda hech qanday kumirim yo'q, chunki o'yin doimo o'zgarib va rivojlanib boradi.
Parijdagi eng sevimli joyim — Zafar darvozasi.
Matvey o'z intervyusini mukammal o'zlashtirilgan fransuz tilida berdi. Barakalla!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!