Matye Lui-Jan Fonsekaning shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar bosqichi haqida gapirdi:
"Fonseka bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar qaysi bosqichda? Kecha aytganimdek, men Pauluning ishidan juda mamnunman. Uning "Olimpik Lion" DNKsiga mos keladigan aniq o'yin falsafasi bor. Birgalikda biz chinakamiga ahil jamoa yarata oldik. Albatta, biz Paulu bilan hamkorlikni davom ettirmoqchimiz. Men izchillik va barqarorlik tarafdoriman, shuning uchun bu kelajakdagi muvaffaqiyat garovi ekani aniq. Biz shoshilmaslikka va o'zimizga vaqt berishga kelishib oldik. Shubhasiz, men Paulu bilan ishlashda davom etishni istayman. Ammo shoshilishga hojat yo'q. Men Paulu bilan ham, uning vakili bilan ham muloqotdaman. Biz barchasini kerakli pallada amalga oshiramiz. Hozircha esa biz oldinda turgan o'yinlar va bu mavsumda biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlarga e'tibor qaratganmiz."
Moliya masalasiga kelsak:
"Albatta, Paulu — juda katta murabbiy, yuqori saviyadagi mutaxassis. Hammasi ko'ngildagidek bo'lishi uchun bir qator qadamlar tashlash kerak. Biz hozir muzokara olib boryapmiz. Men muntazam ravishda uning agenti, shuningdek, Pauluning o'zi bilan gaplashib turibman. Barchasi bunga mos vaqt kelganda ro'y beradi. Ammo hozir gap faqat pulda emas. Barcha kerakli shartlar o'z vaqtida shakllanishi ham muhim. O'rtamizda chinakam ishonchli munosabatlar shakllangan. Rostini aytsam, Paulu bilan ishlash menga juda yoqadi. O'ylaymanki, Paulu "Olimpik Lion"da ekanidan va umuman Liondagi hayotdan juda mamnun. U o'z jamoasi bilan haqiqiy munosabatlar o'rnata oldi. Biz bunga kecha kechqurun o'yindan so'ng yana bir bor amin bo'lishimiz mumkin edi. Bizda ahil jamoa bor va barchasi murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda. Biz u bilan hamkorlikni davom ettirish ustida ishlayapmiz, ammo shartnomani uzaytirish amalga oshishi uchun hali barcha masalalar hal qilingani yo'q".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!